Behbudiy, Mahmudhoʻja
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmudhoʻja Behbudiy (1875—1919) Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida togʻasi Muhammad Siddiq huzurida taʼlim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, soʻngra muftiylik lavozimiga oʻtadi.
Behbudiy Turkistonda jadid maktablarining tolmas targʻibotchisi va tashabbuskorlaridan biri. Turkiy va fors-tojik tilidagi «Risolai jugʻrofiyai umroniy», «Risolai asbobi savod», «Kitobat ul-atfol», «Tarixi islom» kabi maktab kitoblari muallifi.
Behbudiy birinchi oʻzbek dramaturgi va teatr arbobi. «Padarkush» p’esasini yozdi va bu asar Samarqand (1914 15 yanvar), Toshkent (1914 27 fevral)da («Turon» truppasi) sahnalashtirildi.
Behbudiy publitsist sifatida 1901 yildan boshlab Turkiston va hatto undan tashqaridagi koʻplab matbuot namunalarida 300 dan ortiq maqolalar eʼlon qilgan.
1919 yilda Buxoro amiri va rus sovet chekasining xodimi yordamida Qarshida qoʻlga olinib, qatl etilgan. Qarshi shahri 1926—1937 yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan.
[tahrir] Nashr qilingan adabiyotlar
- Behbudiy. «Padarkush». «Sharq yulduzi» jurnali, 1989, 7-son.
- Behbudiy. «Ehtiyoji millat». «Sovet Oʻzbekistoni» gazetasi, 1989.
- Behbudiy. «Bayoni haqiqat». «Fan va turmush». 1992, 5-son.
- Behbudiy. «Yoshlarga murojaat», «Ikki emas, toʻrt til lozim». «Tafakkur» jurnali, 1994, 1-son.
- Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Maʼnaviyat, 1997, 1999.(ikkinchi nashri)
[tahrir] Ilmiy adabiyotlar
- Oʻzbek sovet entsiklorediyasi. 2-jild. T., 1979.
- Qosimov S. Behbudiy va jadidchilik. «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati», 1990 yil 19, 26 yanvar.
- Qosimov B. Karvonboshi. «Yoshlik» jurnali, 1990 yil, 1-son.
- Aliev A. Mahmudxoʻja Behbudiy. T., 1994.
- Ahmedov S. Oʻlimdan qoʻrqmagan mutafakkir. «Sovet Oʻzbekistoni sanʼati», 1989, 2-son.
- Rizaev Sh. «Padarkush» yohud Samarqand tarixidan lavhalar". «Vatan» gazetasi, 1994, 39-son.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |