Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli (1878—1931) Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tugʻilgan. 1931 yil 23 mayida Moskvaning mashhur Butirkasida otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona koʻmildi.
Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli U 1901 yilda Toshkentda birinchilardan boʻlib, «usuli jadid» maktabini ochadi. Bu maktablar uchun «Adibi avval», «Adibi soniy» kabi alifbo va xrestomatiyalar, «Tajvid al-Qur’on», «Yer yuzi» singari darsliklar tuzib, nashr etadi.
Shayxontohurda ochgan «Rushdiya» (oʻrta) maktabi «Namuna» atalib ismiga mos edi.
Munavvarqori dastxati Munavvarqori oʻzbek milliy matbuotining dastlabki namunasi — 1906 yilda chiqqan «Taraqqiy» gazetasi tashkilotchilaridan va mualliflaridan edi. Oʻsha yili u «Xurshid» gazetasini chiqardi. Munavvarqori XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy harakatchilikning, milliy ozodlik koʻtarilishining eng eʼtiborli namoyondalaridandir.
1909 yilda u doʻstlari yordamida «Jamiyati xayriya» tuzadi, 1913 yilda «Turon» jamiyatini taʼsis etadi. «Maktab», «Nashriyot» kabi shirkatlar ochadi. «Turon» jamiyatining qoshida «Turon» kutubxonasi, «Turon» gazetasi (1917) tashkil topgan edi.
20-yillarda esa u tilshunoslikka oid asarlar yozdi. Uning 1925 yilda Qayum Ramazon va Shorasul Zunnun bilan hamkorlikdagi uch boʻlimlik «Oʻzbekcha til saboqligi» kitobi shu yoʻldagi jiddiy ishlardan boʻldi.
Nashr qilingan adabiyotlar: Munavvarqori. Xotiralarim. Turon tarixi, T., 1991, 1994. Munavvarqori. Xotiralarimdan. T.: Sharq, 2000.
[tahrir] Ilmiy adabiyotlar
- Sirojiddin Ahmad. Munavarqori. Esse. «Sharq yulduzi» jurnali, 1992, 5-son
- Xolboev S. Munavvarqori. «Fan va turmush», 1991, 4-son.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |