Registon
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qadimiy shaharning rasmiy markazi Registon maydoni bo'lib, bu erda uchta madrasa qad ko'targan Ulug'bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tilla-kori madrasasi (1647-1660). Registon- qadimiy ilm, ta'lim muassasalari joylashgan joy bo'lib sharqdagi shahar qurilishi san'atining eng ko'zga ko'rinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: "Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni ko'rsin", deganlar.
Manba: http://www.samdu.uz