Usmon Azim
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Usmon Azim Shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. 1950 yil Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1972 yil Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
1979 yilda «Insonni tushunish» nomli ilk sheʼriy kitobi chop etilgan. Shundan soʻng uning «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Koʻzgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Gʻaroyib ajdarho» (1990), «Uygʻonish azobi» (1991), «Gʻussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Bor ekanda, yoʻq ekan» (1995), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) sheʼriy toʻplamlari bosildi.
Uning qator hikoyalari, esselari va «Alpomish» kinodostoni eʼlon qilingan. «Jodu» (2003) nasriy toʻplami chop etildi.
«Sevgi» (1998) filmining stsenariysini oʻz hikoyasi asosida yozgan. Uning stsenariysi asosida ikki qismdan iborat «Alpomish» (2000) filmi ham suratga olindi. «Alpomish» dostonining kinotalqini uchun muallif maxsus mukofot oldi.
Ijodining ilk davrida radiodramaturgiyada («Baxtli boʻlaylik», «Hujjatli film uchun syujet», «Bahodir va Malika» p’esalari) oʻzini sinab koʻrgan shoir, keyingi yillarda teatr uchun ham yoza boshladi. «Bir qadam yoʻl» (2002), «Kunduzsiz kechalar» (1998) va «Alpomishning qaytishi» (2000) dramalari sahnalashtirilgan. Hamza teatri sahnasida qoʻyilgan «Kunduzsiz kechalar» spektakli Andijonda boʻlib oʻtgan xalqaro festivalda yetti nominatsiya boʻyicha gʻolib deb topildi, jumladan, «Eng yaxshi spektakl» degan mukofotga sazovor boʻldi. Muallif esa «Eng yaxshi dramaturg» degan mukofot bilan taqdirlandi.
«Alpomishning qaytishi» uchun muallif 1999 yilning «Eng yaxshi dramaturgi» deb eʼtirof etildi.
Milliy teatrda qoʻyilgan «Bir qadam yoʻl» dramasi asosida qoʻyilgan spektakl ham «2002 yilning eng yaxshi spektakli» degan eʼtirofga sazovor boʻldi.
Uzmon Azim — «Oʻzbekiston xalq shoiri», «Ofarin» mukofotining ilk gʻoliblaridan biridir. Shuningdek, Gurjistonning Vladimir Mayakovskiy mukofoti laureati.
[tahrir] Asarlari
- Usmon Azim. Saylanma. T.: «Sharq», 1995.
- Usmon Azim. Kuz. T.: Adabiyot va sanʼat, 2001.
Bu maqola Oʻzbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan. |
|
Ўз |
Iltimos Oʻzbek tili tipografik qoidalariga eʻtibor bering. Bu maqolada hamma ' va ` belgilari toʻgri belgilar bilan ʼ va ʻ) almashtirilgan. |
Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan. |
|
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnunn bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring. |