Vikipediya
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya — koʻp tillik, vebga asoslangan, erkin ensiklopediya. U koʻpchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar qoʻyilmaydi. Ushbu loyiha 15 yanvar 2001 yil mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipedianing eng katta ingliz tili boʻlimi ushbu maqola yozilish vaqtida 1 100 000 dan ortiq maqolaga ega edi (qogʻozli nashrdagi ensiklopediyalar orasidagi eng katta Britannicadagi maqolalardan 9-10 marta koʻp). Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi tufayli unga yoʻldosh Wiktionary, Wikibooks hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo boʻlganidir.
Tavsifi
Vikipedianing shiori bu «hamma tahrirlashi mumkin boʻlgan ochiq ensiklopediya». U «wiki» deb nom olgan dasturiy ta`minot yordamida nashr qilingan. WikiWikiWeb soʻzi Hawaiichasiga wiki — «tez» soʻzidan olingan. Jimmy Wales’ning niyati Britannica sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosma holida tarqatish.
Turli Tillardagi Nashrlari
Vikipedia juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:
- Ingliz (1 mln dan ortiq)
- Nemis (395,809)
- Fransuz (286,090)
- Polyak (234,750)
- Yapon (211,862)
- Datcha (190,161)
- Shved (159,000)
- Italyan (157,600)
- Portugal (134,818)
- Ispan (118,483)
...
94. Oʻzbek (5,437)